UZ RU
99 807 46 40
Toshkent ยท 4 filial ยท 09:00โ€“21:00

Uydagi eng tinch burchak

Akvarium, baliq va jihozlar. Yetkazib berish Toshkent bo'ylab bepul.

Filiallar
4 ta
Ish vaqti
09:00โ€“21:00
Yetkazish
Bepul
O'rnatish
Biz qilamiz
Hajmlar

Qaysi hajm sizga to'g'ri keladi?

Kichigidan kattasiga qarab terib chiqdik โ€” 9 litrlik bilan 120 litrlikning farqi shunday. Ustiga bossangiz katalog ochiladi.

Har bir akvarium filtr, kompressor va lampa bilan birga keladi. Qo'shimcha faqat isitgich olinadi.

Butun katalogni ko'rish
Yordamchi

Qaysi akvarium kerakligini bilmayapsizmi?

6 ta savol, bir daqiqa. Oxirida hajmi, kerakli jihozi va aniq narxi chiqadi. Telefon so'ramaymiz โ€” javobni shundoq ko'rasiz.

Birinchi savoldan boshlaymiz:
Akvarium qayerga qo'yiladi?
Qanday bo'ladi

Sotib olgandan keyin nima bo'ladi

1

Tanlaysiz

Katalogdan o'zingiz tanlaysiz yoki yordamchiga 6 ta savolga javob berasiz โ€” u hajmini va nima kerakligini aytib beradi.

2

Keltiramiz

Toshkentning istalgan tumaniga bepul. Akvarium quruq holda emas, jihozi bilan keladi.

3

O'rnatamiz

Yig'amiz, gruntni yotqizamiz, jihozni ulaymiz va suvni tayyorlaymiz. Baliqni suv tayyor bo'lgandagina joylashtiramiz.

4

Keyin โ€” o'zingiz

Haftada yarim soat vaqt ketadi, murakkab joyi yo'q. Vaqtingiz bo'lmasa, usta kelib turadigan xizmatimiz ham bor โ€” lekin bu majburiy emas.

Batafsil
Bog'lanish

Ko'p beriladigan savollar

Yetkazib berish qancha turadi?

Toshkent bo'ylab bepul. Akvarium, jihoz va baliqlar โ€” hammasi. Baliqlar kislorodli qadoqda, harorat saqlangan holda yetkaziladi.

Akvariumni o'zingiz o'rnatib berasizmi?

Ha. Joyni tanlaymiz, tumbani yig'amiz, gruntni yotqizamiz, jihozni ulaymiz va suvni tayyorlaymiz. Baliqni suv tayyor bo'lgandagina qo'yamiz.

Akvarium olsam, parvarish xizmatini ham olishim shartmi?

Yo'q, umuman shart emas. Ko'pchilik akvariumiga o'zi qaraydi โ€” biz ham shuni maslahat beramiz, chunki bu oson va arzon. Parvarish xizmati faqat vaqti yo'q yoki qiynalayotganlar uchun. Bizdan akvarium olsangiz birinchi oyni bepul sinab ko'rishingiz mumkin, keyin o'zingiz hal qilasiz.

Baliq nobud bo'lsa nima bo'ladi?

Obsluga shartnomasi amal qilayotgan bo'lsa โ€” biz almashtiramiz. Shartnomasiz sotib olingan baliqlarga sabab bo'yicha alohida qaraymiz: ko'pincha muammo suvda bo'ladi va biz uni tekshirib beramiz.

Ofis yoki restoran uchun akvarium qilasizmi?

Ha. Loyihasini tayyorlaymiz, akvarium va jihozni beramiz, o'rnatib ishga tushiramiz. Xohlasangiz shartnoma bo'yicha har oy parvarish qilib turamiz. O'lchov va eskiz bepul.

Bo'lib to'lash bormi?

Filial bo'yicha aniqlashtiramiz โ€” qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing.

Bog'lanish

Savolingiz bormi?

Nomeringizni qoldiring โ€” qanday joyga nima to'g'ri kelishini bepul aytib beramiz.

Raqamingizni faqat qo'ng'iroq qilish uchun ishlatamiz.

Qo'ng'iroq Telegram